O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ShHT Oliy sudlari raislari Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi

2017-10-27 | ShHT

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n ikkinchi yig‘ilishi qatnashchilari 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Mehmonlar buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan tanishish chog‘ida delegatsiya a’zolariga ushbu ob’ektda amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab berildi. 

– Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatiga asos solgan, mamlakat ravnaqi, xalqning tinch va farovon hayotini ta’minlashga butun umrini baxshida etgan tarixiy shaxs, – dedi Pokiston Islom Respublikasi Oliy sudi katta sudyasi G.Ahmad. – U kishi boshlab bergan ishlar bugun O‘zbekistonda yangicha miqyos va talablar asosida davom ettirilayotir. 

Mehmonlar Hazrati Imom majmuasi, Toshkent viloyatidagi Zangiota majmuasini ziyorat qildi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan tanishdi. Ushbu majmualar misolida mamlakatimizda tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yuksak baho berildi. 

Delegatsiya a’zolari Toshkentning diqqatga sazovor boshqa joylarida ham bo‘ldi. 

 
Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA

Поделиться