O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zuhra Umrzoqova – milliy sportimizni dunyoga tanitayotgan qiz

2017-10-27 | Sport

Mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasida xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda muntazam g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olayotgan sportchi qizlarimiz safi tobora kengayib bormoqda. 

O‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlar orasida mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, milliy sportimizni dunyoga tanitayotgan Zuhra Umrzoqovaning yutuqlariga tengdoshlari havas qiladi. 

Toshkent pedagogika kolleji o‘quvchisi Zuhra o‘n yoshidan Chilonzor tumanida joylashgan 126-umumta’lim maktabining o‘zbek jang san’ati sport to‘garagida Bekzod To‘xtasinov qo‘l ostida shug‘ullana boshlagan. 

– Unda dastlabki kunlardanoq o‘ziga xos harakatchanlik, g‘alabaga bo‘lgan intilishni sezganman, – deydi B.To‘xtasinov. – U har bir mashqni to‘la o‘zlashtirmaguncha tinib-tinchimaydi, uni bexato bajarishga harakat qiladi. 

Z.Umrzoqova tuman va shahar miqyosidagi musobaqalarda toblanib, 2011-yil mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi va birinchi darajali qora belbog‘ sohibasiga aylandi. 

U 2013-yili Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Butunjahon yakkakurashlar festivalida bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ygan Zuhra 2015-yilda mazkur musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. 

Shuningdek, u o‘tgan yili Rossiya, Portugaliya, Italiya va Qozog‘istonda o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarda shohsupaga ko‘tarildi. Joriy yilgi sport mavsumida mamlakat birinchiligida g‘olib chiqib, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Butunjahon yakkakurashlar festivalida yana oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

– Mamlakatimizda biz, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishimiz uchun barcha imkoniyat yaratilgan. O‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullanish menga katta zavq bag‘ishlaydi, – deydi Zuhra. – Mazkur sport turi orqali biz ko‘plab chet davlatlarda Vatanimiz madaniyatini, sportini namoyish etishdek baxtga muyassar bo‘layotganimizdan baxtiyormiz. 

– Qizim sport bilan shug‘ullanganidan xursandman, – deydi uning onasi Mukarram Umrzoqova. – Musobaqalarda g‘alaba qozonayotganidan faxrlanaman, ko‘zlarimda quvonch yoshlari qalqiydi. Uning mana shunday katta natijalarga erishayotgani mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasidir. 

Barkamol yosh avlodni tarbiyalash, noyob iste’dod va qobiliyat egalarini munosib rag‘batlantirish yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik yuksak samaralar bermoqda. Yigit-qizlarni ulkan marralar sari chorlab, yurtimiz shonu shavkatini dunyoga tarannum etishdek ulug‘ maqsadlar sari yetaklayotir. Buni Zuhra Umrzoqova kabi yoshlar o‘qishda va sportda erishayotgan yuqori natijalar yaqqol tasdiqlaydi. 

 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться