O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Surxonteks» korxonasi 9 million dollarlik mahsulot eksport qildi

2017-10-27 | Iqtisodiyot

“Surxonteks” korxonasida paxta xom-ashyosidan tayyor mato ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Ayni paytda bu yerda 9-10 tonna kalava ip ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 4 ming tonnadan ziyod yuqori sifatli kalava ip tayyorlash quvvatiga ega mazkur korxonada 260 yangi ish o‘rni yaratildi. 

Joriy yil korxonada tayyorlagan to‘rt ming ikki yuz tonna kalava ipdan 9 million AQSh dollari qiymatiga teng qismi Rossiya va Xitoyga eksport qilindi. Natijada, korxonaga 1 milliard 132 million 767 ming so‘m soliq imtiyozlar qo‘llanildi. Bu tejab qolingan sarmoya korxona sexlarini yanada kengaytirishga yo‘naltiriladi. 

Modernizatsiyalash natijasida tashkil etilayotgan yangi sexlar hisobiga kengayib borayotgan “Surxonteks”ning iqtisodiy daromad olish imkoniyatlari tobora ortib borayotir. Bunday texnologik yangilanishlar jarayoni kelgusida ham davom ettirilishini inobatga olsak, korxonaning viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni yanada salmoqli bo‘lishi shubhasiz. 

Поделиться