O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tabiiy ipak matodan tayyorlangan milliy liboslar namoyishini o‘tkazdi

2017-10-26 | Jamiyat

Unda 80 dan ortiq davlatdan mutaxassislar, ipak yetishtiruvchilar, qayta ishlovchilar, moda va dizayn sohasi vakillari, talaba-yoshlar, moda ixlosmandlari ishtirok etdi. 

Ta’kidlash joizki, joriy yilda pillakorlarimiz sinov tariqasida ikki marta ipak qurti urug‘i parvarishlab, mo‘l hosil yetishtirdi. 13 ming tonnaga yaqin ipak xom ashyosining qariyb 50 foizi tizimdagi o‘ttizdan ziyod korxonada qayta ishlanmoqda. Xom ashyoning ko‘payishi, albatta, uni qayta ishlashni ham talab etadi. Joriy yilda ip yigiruv va ipak mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Sirdaryo, Xorazm, Jizzax, Buxoro viloyatlarida barpo etilayotgan korxonalar shular sirasidandir. 

Anjumanda tizimdagi korxonalarda ishlab chiqarilgan matolardan tayyorlangan ko‘rkam liboslar omma e’tiboriga havola etildi. Namoyish to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda modellar hammabop, kundalik liboslarni namoyish qilgan bo‘lsa, ikkinchisida oqshom liboslari, uchinchi va to‘rtinchi qismlarda milliy va zamonaviy uslubda yaratilgan rang-barang kiyimlar taqdim etildi. 

– Bu kabi tadbirlar biz, dizaynerlar uchun o‘z ustimizda ishlash, yangilikka intilish, liboslarimiz namoyishi imkonini beradi, – deydi dizayner Lola Amilova. – Barcha yo‘nalishdagi ko‘ylaklar faqatgina ipak matodan va milliy urf-odatlarimizga mos tarzda tikilgan. 

Tabiiy ipak matoli milliy liboslar namoyishida o‘ndan ziyod iqtidor egalari o‘zlarining zamonaviy va eng so‘nggi rusumdagi mualliflik to‘plamlari bilan qatnashdi. Ularning liboslari yorqinligi va nozik uslubi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. 

– Atlas, adras, beqasam singari o‘zbek milliy matolari haqida ko‘p eshitganman, – deydi fransiyalik Vialen Develmor. – O‘zbekiston milliy matolar tayyorlash, to‘qimachilik borasida qadimiy an’analarga ega. Bugun o‘zbek milliy liboslari, ularning tarixi va buguni bilan yaqindan tanishdik. 

Tadbir doirasida «Buyuk ipak yo‘li» tarixiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться