O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yer resurslaridan oqilona foydalanish–dolzarb vazifa
2017-10-26 | Jamiyat
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi yer osti boyliklaridan foydalanishning shartlari va imkoniyatlari» mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Mavlonov va boshqalar mamlakatimizda tabiiy resurslarni muhofaza qilish va yer resurslaridan oqilona foydalanish masalalari o‘nga yaqin qonun, yuzdan ortiq qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinganini qayd etib o‘tdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga oid dastur ishlab chiqildi.
Mamlakatimiz mineral xomashyoning ko‘plab turlari bo‘yicha jahon bozorida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda.
Anjumanda mamlakatimizda yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari, mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish, daryo, ko‘l va suv omborlarining gidrologiyasi, suv zaxiralarini muhofaza qilish va sohaga oid boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob berdi.