O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tennischilarimiz bosh sovringa da’vogar

2017-10-25 | Sport

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Malayziya va Turkiyada tashkil etilgan turnirlarda Jo‘rabek Karimov, Humoyun Sultonov va Sabina Sharipova muvaffaqiyatli qatnashmoqda. 

Malayziyada o‘tayotgan turnirning yakkalik bahslarida Jo‘rabek Karimov gvatemalalik Vilfredo Gonsales ustidan 6:2, 6:3 hisobida zafar quchib, ikkinchi davraga yo‘l oldi. 

Humoyun Sultonov esa juftlik bahslarida qirg‘izistonlik Doniyor Duldayev bilan birga dastlab malayziyalik Kristian Oliver Li va Damen Rokkini, chorak finalda gollandiyalik Mark Diykxuzen va Skott Grikspoorni mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasi uchun kurashadigan bo‘ldi. 

Turkiyada xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Sabina Sharipova birinchi davrada serbiyalik Nataliya Kostichni 6:4, 6:7, 6:3 hisobida yengdi va navbatdagi bosqichda ruminiyalik Raluka Georgiana Serbanga qarshi kortga chiqadi. 

 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA 

Manba: O'zA

Поделиться