O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiyalar – taraqqiyot omili

2015-04-01 | Texnologiyalar

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ilmiy-texnik va innovatsion taraqqiyotning muhim jihatlariga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.

Mazkur anjuman Prezidentimizning 2008-yil 15-iyuldagi «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» hamda 2014-yil 6-fevraldagi «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorlari ijrosi doirasida tashkil etildi.

Mamlakatimizda ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotir.

Tadbirda milliy innovatsiya tizimlarini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning samarali mexanizmini shakllantirish, ilmiy-texnik salohiyatni mustahkamlash, muhim tadqiqotlar va innovatsiya jarayonlarini kengaytirishni qo'llab-quvvatlash lozimligi qayd etildi.

– Ilmiy amaliyot, ishlab chiqarish, yangi texnologiyalarni yaratish jarayonlarida oliy o'quv yurtimiz talabalari faol ishtirok etmoqda, – deydi institut prorektori Gulchehra Rixsiyeva. – Mazkur ilmiy-amaliy anjumandan ko'zlangan maqsad tadqiqotchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularga o'z bilim va salohiyatini namoyish etishiga ko'maklashishdir.

Global ilmiy-texnik va innovatsion jarayonlar va ularning asosiy yo'nalishlari, xorijiy mamlakatlar tajribalari, innovatsion loyihalarini ishlab chiqarishga joriy etish kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.

Поделиться