O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya stats-kotibi–tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuvga doir

2017-10-25 | Siyosat

2017-yilning 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga ishchi tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi stats kotibi – tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasinni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining muhim masalalari, jumladan ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil aprel oyida Rossiyaga davlat tashrifi va yuqori darajadagi keng ko‘lamli muzokaralari davlatlararo munosabatlarda yangi va dinamik bosqichni ochib berganligini, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalar kengaytirganligi, O‘zbekiston va Rossiya viloyatlarining bevosita aloqalarini, shuningdek madaniy va gumanitar almashuvlarini faollashtirishga imkon yaratgani ta’kidlandi.

Mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilish chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.

Shu kunning o‘zida Tashqi ishlar vazirligida yuqori darajadagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.

Поделиться