O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Puxta taraddud – mo‘l hosil garovi

2015-04-01 | Iqtisodiyot

O'zbekiston Qishloq va suv xo'jaligi vazirligida pilla mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va uni uyushqoqlik bilan o'tkazishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda «Pilla» birlashmalari hamda ipak qurti urug'chiligi va pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vaziri Sh.Teshayev va boshqalar mamlakatimizda qishloq xo'jaligini, xususan, qimmatbaho xomashyo bo'lgan pilla yetishtirishni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor sohadagi muvaffaqiyatlar omili bo'layotganini ta'kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2006-yil 15-noyabrdagi "Respublika pillachilik tarmog'ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori pilla yetishtirishni ko'paytirish va uning sifatini yaxshilashda dasturilamal bo'layotir.

Bu sa'y-harakatlar natijasida ipak qurti urug'lari o'zimizda yaratilib, chetdan ipak qurti urug'i olib kelish kamaymoqda. Joriy mavsumda pillakorlarga olimlarimiz yaratgan "Ipakchi-1", "Ipakchi-2", "O'zbekiston-5", "O'zbekiston-6" kabi serhosil, iqlim sharoitimizga mos va kasalliklarga chidamli urug'lar tarqatiladi.

O'zbekiston Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi pillachilikni rivojlantirish boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, mamlakatimizda bu yil 26 ming tonnadan ziyod qimmatbaho sanoat xomashyosi tayyorlanadi. Ayni paytda ipak qurti urug'ini sifatli jonlantirish maqsadida 4 ming 445 inkubatoriya tayyor holga keltirildi. Ularga ipak qurti urug'larini jonlantiruvchi mutaxassislar tayinlandi.

Mavsumda tut bargi tanqisligining oldini olish maqsadida mavjud tutzorlarda bahorgi yumushlar jadal davom ettirilmoqda. Shirkat xo'jaliklaridagi tutzorlar fermerlar ixtiyoriga berilgach, ipak qurtining ozuqa bazasini mustahkamlashga e'tibor yanada kuchaydi. Xususan, joriy yilda 1 ming 240 gektar maydonda tutzorlar barpo etish ishlari olib borilayotir. Shuningdek, 16 milliondan ortiq tut ko'chati ekish mo'ljallangan. Hozirga qadar 11,5 million dona ko'chat ekib bo'lindi.

Sohadagi muhim tadbirlardan yana biri pillakorlar bilan shartnoma tuzishdir. Qabul punktlari bilan fermer xo'jaliklari o'rtasida pilla yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish yakunlandi. Ayni kunlarda fermer xo'jaliklari bilan pillakorlar o'rtasida mehnat shartnomalari tuzilmoqda. Ipak qurti boquvchilarning tajribasini oshirish maqsadida ularning barchasi joylarda tashkil etilgan qisqa o'quv kurslariga jalb etilmoqda. Ipak qurti boquvchilarni bo'nak puli hamda zarur jihozlar bilan ta'minlash davom etayotir.

Tadbirda joylarda urug' jonlantirishni mutaxassislar tut bargining rivojiga qarab belgilashi, tutzorlarga ishlov berish, pilla parvarishida agrotexnik qoidalariga amal qilish, yangi ko'chatlar ekish yuzasidan fikrlashildi.

Поделиться