O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Elchisi bilan uchrashuv
2017-10-24 | Siyosat
2017-yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyidagi Nyu-York shahriga tashrifi va AQSh ishbilarmonlari bilan uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Shuningdek, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada AQShning nufuzli delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.