O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navqiron avlod tarbiyasiga bag‘ishlandi

2015-04-01 | Jamiyat

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida barkamol avlod tarbiyasida tarixiy, ma'naviy merosimizning ahamiyatiga bag'ishlangan anjuman bo'lib o'tdi. Unda mutaxassislar, oliy o'quv yurti professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va uni keng targ'ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, bebaho merosimizga hurmat ruhida kamol toptirishga alohida e'tibor qaratilayotir.

Ta'lim-tarbiya, kadrlar tayyorlash sohasining mutlaqo yangicha asosda tashkil etilishi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, navqiron avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib, hech kimdan kam bo'lmagan, bilimli, yuksak salohiyatli insonlar etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim sohasida olib borilgan ulkan ishlar samarasida iste'dodli yoshlarimiz xalqaro miqyosda o'tkazilayotgan nufuzli fan olimpiadalari, ko'rik-tanlovlar, festivallarda yuqori natijalarni qo'lga kiritayotir.

Mazkur konferensiyadan ko'zlangan maqsad navqiron avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga oid ishlar ko'lamini kengaytirish, yoshlarni yot va zararli g'oyalar ta'siridan asrash, ularni xalqimizning ezgu urf-odatlarining munosib davomchilari etib tarbiyalashga ko'maklashishdir.

Tadbirda yosh avlod tarbiyasi, bunda madaniy-ma'naviy tadbirlarning ahamiyati kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi, o'zaro fikr almashildi.

Поделиться