O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda moliyalashtirish uchun loyihalarni ma’qulladi

2017-10-20 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ jalb etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bunda asosiy e’tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularni yanada rivojlantirish uchun kredit mablag‘larini ajratishga qaratilmoqda.

Joriy yil 18-oktabr kuni Londonda YeTTB Direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekistonda moliyalashtirish uchun ikkita loyiha ma’qullandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki uchun 100 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi taqdim etilishi tasdiqlandi. Bundan 70 million AQSh dollari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yakuniy qarz oluvchilarini, 30 million dollari savdo sohasini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu kreditdan maqsad kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari, jumladan, mamlakatimiz mintaqalaridagi tadbirkorlarni o‘rta muddatli moliyalashtirish imkoniyatini yaxshilashdan iborat.

Bundan tashqari, meva sharbati, konsentratlar, sabzavot pastasi va boshqa shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Agromir Juice» MChJ qo‘shma korxonasiga 10 million dollar miqdorida kredit liniyasini taqdim etish ma’qullandi. Ushbu kredit YeTTB tomonidan Samarqand viloyatida zamonaviy ombor majmuasini qurish uchun mablag‘ ajratilishini nazarda tutadi va kompaniyada yagona boshqaruv tizimini joriy etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, Direktorlar kengashining qarori tarixiy va misli ko‘rilmagan voqea hisoblanadi, chunki YeTTB avval biron-bir davlat bo‘yicha Mamlakat dasturi tasdiqlanmagunicha loyihalarni moliyalashtirishni ma’qullamas edi. Ta’kidlanishicha, ushbu holat Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yuqori baho berilayotganidan dalolatdir.

Ushbu loyihalar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti F.Bennetning joriy yil noyabr oyida mamlakatimizga tashrifi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bu YeTTB tomonidan moliyalashtirish ochilishining boshlanishi, xolos. Hozirgi vaqtda bank tomonidan mamlakatimizdagi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu dastur ma’qullanganidan so‘ng bankning mamlakatimiz bilan hamkorligi yanada kengayadi.

Поделиться