O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman

2017-10-20 | Iqtisodiyot

Buxoroda “Yoqilg‘i-moylash materiallari kimyosi va texnologiyasi sohasida innovatsion ishlanmalar” mavzuida II xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari hamda sohaga oid qator oliy o‘quv yurtlari hamkorligida tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Daniya, Janubiy Koreyadan taniqli olimlar, yetakchi kompaniya va korxonalar mutasaddilari hamda mutaxassislari ishtirok etmoqda. 

Anjumanda MDH mamlakatlarida moylash materiallari ishlab chiqarish va ularning qo‘llanilishi istiqbollari, neft mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahsulot innovatsion turlari ishlanmasini yaratish va ulardan foydalanish, neftni qayta ishlashda yorqin rangli neft mahsulotlaridan foydalanishga yangicha qarashlar, ekologik toza benzin olish samaradorligini oshirish, “Yevro-5” standartidagi dizel yonilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglanadi. 

Xalqaro anjuman neftni qayta ishlashning zamonaviy, tejamkor texnologiyalarini yaratish va qo‘llash, soha muammolarini birgalikda bartaraf etish borasida o‘zaro fikr va tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Erkin Yodgorov, O‘zA

Поделиться