O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Vashington shahridagi uchrashuvlari
2017-10-20 | Siyosat
2017-yilning 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahriga tashrifi doirasida AQSh Milliy xavfsizlik kengashida va Davlat departamentida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va mintaqaviy xavfsizlik sohalarida O‘zbekiston-AQSh hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda AQSh tomoni Samarqand shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyasida AQSh yuqori darajada ishtirok etishini ta’kidladi.
AQSh ma’muriyati vakillari O‘zbekistonda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda ko‘rilayotgan qat’iy chora-tadbirlarni ijobiy baholadilar. AQSh tomoni kelgusi yillarga mo‘ljallangan rivojlanish Strategiyasining maqsad va vazifalariga erishish uchun O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.