O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eron Prezidenti bilan uchrashuv

2017-10-19 | Siyosat

2017-yilning 18-oktabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy qutlovi va hurmatini Eron Prezidenti va xalqiga yetkazdi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning 2017-yil 11-sentabrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi va muzokaralari O‘zbekiston-Eron munosabatlarini kengaytirishning yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berdi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqa siyosatiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться