O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy o‘quv yurtlari uchun yangi o‘quv adabiyotlari

2017-10-19 | Jamiyat

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

Unda oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borishga doir vazifalar belgilangan. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Milliy matbuot markazida “Oliy ta’lim muassasalarini yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash: amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar” mavzuida tashkil etilgan matbuot anjumanida shular haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayoni takomillashtirilayotgani ta’kidlandi. Elektron kutubxona xizmatlarini kengroq joriy etish, masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bu borada samarali natijalarga erishilmoqda. Jumladan, YUNЕSKO bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida universitetda “Ilmiy axborotlar markazi” tashkil etilib, zarur texnika vositalari bilan ta’minlandi.

TEMPUS loyihasi doirasida xorij universitetlari bilan hamkorlikda “Kutubxonashunoslik va axborot sohasidagi magistrlar uchun yangi dastur” loyihasi amalga oshirildi. Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik sohasidagi magistrlar uchun yangi o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Universitetda dasturiy yechimlarni avtomatik tekshiruv tizimi – acm.tuit.uz yaratilgan bo‘lib, u dasturlashga oid fanlarni o‘qitish va baholashda foydalaniladi. Hozirda tizimdan 17 mingdan ziyod foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Anjumanda yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish va joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar hamda kelgusidagi vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться