O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi

2017-10-18 | Iqtisodiyot

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan aholi xonadonlari, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarni kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tumanda 41 ming 529 aholi xonadoniga 153 transformator, 1 ming 821 kilometr uzunlikdagi kabel tarmog‘i orqali xizmat ko‘rsatiladi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida 36 transformator punkti rekonstruksiya qilindi, 117 transformator punkti joriy ta’mirlandi. “Qo‘qonovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ta’mirtalab transformator yuqori quvvatlisiga almashtirildi. 

Prezidentimizning 2016-yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ushbu hujjat ijrosi doirasida joriy yil yakuniga qadar hududdagi yana 5 transformator punkti va 29,5 kilometrlik havo tarmog‘ini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. 

– Kuz-qish mavsumida ayniqsa, qishloq aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari D.Musayev. – Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uylarga elektr tarmog‘i tortish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hududdagi 236 xonadonga mo‘ljallangan uzunligi 5 kilometr havo tarmog‘i va 4 transformator punktining qurilishi uchun “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 522 million so‘m miqdorda mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. 

Ushbu sa’y-harakatlar tufayli tuman aholisi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanib, korxona va tashkilotlarning qish mavsumida barqaror faoliyat ko‘rsatishiga zamin yaratildi.

 

Abdulaziz Musayev, O‘zA

Поделиться