O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eron Neft vaziri bilan uchrashuv
2017-10-18 | Siyosat
2017-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Tehronda Eron Islom Respublikasi Neft vaziri Bijan Zangane bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar yoqilg‘i-energetika yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik orqali savdo-iqtisodiy sohada O‘zbekiston-Eron hamkorligini kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.
Shu kuni delegatsiya a’zosi, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov Eron Neft vazirligi va uning tuzilmalari rahbarlari bilan alohida muzokaralar o‘tkazdi.