O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eron Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2017-10-17 | Siyosat

2017-yilning 17-oktabr kuni Tehronga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan uchrashdi.

Vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqa siyosati muammolari yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat rahbarlarining Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ishtiroki doirasida 2017-yil 11-sentabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning uchrashuvi O‘zbekiston-Eron muloqoti faollashishiga yangi turtki berganligi ta’kidlandi.

Vazirlar tomonlar uchun ahamiyatga ega barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Eronning BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolandi.

Поделиться