O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasi Tehronga keldi
2017-10-17 | Siyosat
2017-yilning 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Eron Islom Respublikasiga keldi.
Mamlakatimiz delegatsiyasini Tehron aeroportida Eron tashqi ishlar vaziri Ibrohim Rahimpur kutib oldi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, vitse-prezidenti Suren Sattariy tomonidan qabul qilinadi hamda Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif va boshqa davlat va tijorat tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi.