O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Checheniston Respublikasi rahbari O‘zbekistonda

2017-10-17 | Siyosat

Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 16-oktabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. 

Ramzan Qodirov Hazrati Imom (Xastimom) majmuasiga tashrif buyurdi. Mehmonga majmua tarkibidagi Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Mo‘yi Muborak madrasalari, Tilla Shayx va Namozgoh masjidlari kabi tarixiy obidalar, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan hududda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida ma’lumot berildi. 

Checheniston rahbari Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon Mushafini ko‘rdi. 

Mehmon O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi bo‘lib ishlagan, mashhur islomshunos olim Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qildi. 

Delegatsiya a’zolari "Artel Engeneering" mas’uliyati cheklangan jamiyati mahsulotlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. “Gold Dried Fruits Export” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishdi. 

Shuningdek, mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi. 

Поделиться