O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Eronga rasmiy tashrifiga doir
2017-10-16 | Siyosat
2017-yil 16-18-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif buyuradi.
Tashrif dasturidan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, vitse-prezident Suren Sattariy, tashqi ishlar vaziri Javad Zarif va Eronning boshqa davlat tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi va istiqbolli hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi.