O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va YIB o‘rtasida bitim imzolandi

2017-10-16 | Siyosat

2017-yilning 13-oktabr kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki guruhining Boshqaruvchilar kengashi yillik majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtiroki doirasida Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki (YIB) o‘rtasida mamlakatimiz hududida mazkur bank faoliyati to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va YIB vitse-prezidenti Vazil Hudak tomonidan imzolandi.

AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur bitim YIBning O‘zbekistonda faoliyat yuritish tartibini aniqlaydi hamda mamlakatimiz hududida bankka va bank tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarga taqdim etiladigan kafolat, imtiyozlar, immunitet, soliq afzalliklari va rejimini nazarda tutadi.

Mazkur bitimning imzolanishi O‘zbekistonda yirik ijtimoiy investitsiya loyihalarini amalga oshirishda YIBning moliyaviy vositalaridan foydalanish imkonini beradi.

“Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonda yanada faol bo‘lishi va biz keyingi paytda guvohi bo‘layotgan juda katta ijobiy o‘zgarishlarni Yevropa Ittifoqi diqqat bilan kuzatayotganini barcha his qilishi biz uchun juda muhim ahamiyatga ega, - dedi YIB vitse-prezidenti bitimni imzolangandan so‘ng. - Mamlakatingizdagi o‘zgarishlar O‘zbekistonning ulkan salohiyatga ega ekanligi va Yevroosiyo hududida juda muhim rol o‘ynayotganini va o‘ynashini ko‘rsatadi. Shu bois biz uchun bu juda yaxshi kun”.

YIB – Yevropa davlatlari va hamkor davlatlarda rivojlanishni moliyalashtirish uchun 1958-yilda yaratilgan Yevropa Ittifoqining xalqaro moliya-kredit muassasasi bo‘lib, uning ustav kapitali 243 milliard yevroni tashkil etadi.

Mazkur bitimni imzolash to‘g‘risidagi kelishuvga avvalroq 2017-yil 17-iyul kuni Brusselda bo‘lib o‘tgan “Yevropa Ittifoqi - O‘zbekiston” kengashining majlisidan so‘ng erishilgan edi.

Поделиться