O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq maktablari uchun 4 ming tonna ko‘mir va briket jamg‘arildi

2017-10-16 | Iqtisodiyot

Prezidentimizning joriy yil 22-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni 2017-2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Navoiy viloyati xalq ta’limi muassasalarida ham kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Viloyatdagi 484 umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahalliy byudjet hisobidan 4 milliard 812 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishi belgilangan. Ayni paytda 77 umumta’lim maktabi, 19 maktabgacha ta’lim muassasasi va boshqa xalq ta’limi muassasalarini joriy ta’mirlash ishlari yakunlangan.

Viloyatdagi xalq ta’limi muassasalarining 75 tasi markazlashgan, 131 tasi tabiiy gaz, 263 tasi ko‘mir, 13 tasi suyuq pech yoqilg‘isi va 2 tasi elektr energiyasi bilan isitiladi. Rejaga asosan, tizimdagi 14 muassasaning 64 isitish qozoni to‘liq yangisiga almashtirildi. Yaroqsiz eshik, deraza va oynalar yangilandi.

– Farzandlarimizning munosib sharoitlarda o‘qib, ilm olishi uchun har yili kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘riladi, – deydi Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassisi F.Bekqulov. – Joriy yilda ham bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. Ta’mirlash va yangilash ishlari o‘z vaqtida sifatli bajarilib, rejaga asosan amalga oshirilayotgan ishlar sifati mas’ullar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Karmana tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hududdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining deyarli barchasi mavsumga shay holatga keltirildi. Ayni paytda 11-maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanmoqda. 11-umumta’lim maktabining isitish tizimi ta’mirlanayotir.

– Maktabimiz binosi to‘liq isitish tarmog‘iga ulanmagani bois, qish mavsumida biroz qiyinchilik yuzaga kelardi, – deydi 11-umumta’lim maktabi direktori F.Boliyev. – Hozirgacha qo‘shimcha 5 yangi qozon o‘rnatildi. Tez orada binoning tarmoqqa ulanmagan qismi ham to‘liq qamrab olinib, mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Buning uchun mutasaddilar tomonidan muddat belgilangan.

Viloyatning tog‘ va cho‘l hududlaridagi ta’lim muassasalarida muqobil yoqilg‘i manbalaridan keng foydalaniladi. Shu bois mazkur hududlarda mavsumga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Bugungi kunga qadar 4 ming tonna ko‘mir va briket yoqilg‘isi jamg‘arildi.

 

Nuriddin Rahimov, O‘zA

Поделиться