O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xivaga poyezd boradi

2017-10-14 | Siyosat

Prezidentimiz joriy yil 27-yanvar kuni Xorazmga tashrifi chog‘ida viloyatning turizm salohiyatini oshirish, buning uchun Xiva shahriga temir yo‘l olib kelish va elektr poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. 

Shunga muvofiq o‘tgan qisqa vaqtda ulkan ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Urganch va Xiva o‘rtasida 33 kilometr temir yo‘l yotqizish, Xiva shahrida zamonaviy vokzal va zarur infratuzilma ob’ektlari barpo etish jadal davom etmoqda. Bu boradagi manzilli dastur asosida transport, mehmonxona, pochta, bank, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmatlar tashkil etish rejalashtirilgan. 

Prezidentimiz Xiva shahridagi vokzalda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi loyihalar bilan tanishdi. 

Xorazmning turizm sohasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, sayyohlar uchun barcha sharoitni yaratish, mehmonxonalar va ko‘ngilochar maskanlarni qurishga sohaning tajribali vakillarini jalb etish zarurligini ta’kidladi. Ichan-qal’a atrofini obodonlashtirish, istirohat bog‘i barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

 

 

Anvar Samadov, O‘zA

Поделиться