O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev “Pahlavon Mahmud” maqbarasini ziyorat qildi

2017-10-14 | Siyosat

Xiva shahridagi «Ichan-qal’a» muzey qo‘riqxonasi hududidagi «Pahlavon Mahmud» majmuasida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz mazkur majmuada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu hududda bo‘ldi. Qur’on tilovat qilindi. 

Ilgari bu joylar tashlandiq maskanga aylanib qolgan edi. Bu yerlar insonga ruhiy quvvat beradi. Buni kelayotgan ziyoratchilarning ko‘pligidan ham bilsa bo‘ladi, dedi Prezidentimiz. 

Mazkur majmuaga kuniga o‘rtacha 400 ga yaqin ziyoratchi keladi. Ta’mirlash va qurilish ishlarini joriy yil oxirida yakuniga yetkazish ko‘zda tutilgan. 

Ta’mirlashda barcha jihatlar e’tiborga olingan. Havo haroratining mo‘’tadilligini ta’minlovchi zamonaviy tizimlar o‘rnatilgan. 

Prezidentimiz bu yerda ziyoratchilar uchun qo‘shimcha qo‘layliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

Davlatimiz rahbari Sherg‘ozixon madrasasini ko‘zdan kechirdi. Bu maskanda ta’lim olgan allomalar sharafiga tashkil qilingan muzey faoliyati bilan tanishdi.

Поделиться