O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Xiva shahriga tashrif buyurdi

2017-10-14 | Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Nurillaboy saroy majmuasini ko‘zdan kechirdi. 

Xorazm viloyati tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylarga boy. Ular asrab avaylanayotgani, sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani natijasida viloyatda turizm izchil rivojlanib borayotir. 

Ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur saroy hududi shu yerda yashab o‘tgan Nurillaboy ismli savdogarga tegishli bo‘lgan. Majmua xorijlik mehmonlarni qabul qiladigan qarorgoh vazifasini o‘tagan. 

Davlatimiz rahbari joriy yil yanvar oyida viloyatga qilgan tashrifi chog‘ida mutasaddilariga mazkur majmuani zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Prezidentimiz tavsiyasiga ko‘ra ishlab chiqilgan loyihaga binoan bu yerda mehmonxona, restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr, hunarmandlar ko‘rgazmasi tashkil qilingan. 

Shuningdek, ko‘rgazmalarda Xorazmning XIX-XX asrlardagi tarixiy fotosuratlari, birinchi o‘zbek kinooperatori va fotosuratchisi Xudoybergan Devonov olgan suratlar va kinoasarlar namoyish etilmoqda. «Xorazm an’anaviy hunarmandchiligi: tarix va zamonaviylik», «O‘zbekiston zavonaviy san’ati: ohanglar, timsollar, talqinlar» mavzuidagi ko‘rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Prezidentimiz Xiva shahri me’morchilik obidalari, jumladan, mazkur majmuaning boy tarixi haqida sayyohlar va xorijlik mehmonlarga zamonaviy uslublarga tayangan holda so‘zlab berish, bu bilan ularning mamlakatimiz haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish zarurligini ta’kidladi.

Поделиться