O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Innovatsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi

2017-10-13 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida parlamentda qabul qilinayotgan har bir qonun loyihasi saylovchilar, partiyalar elektorati, turli tabaqa va guruhlarning manfaatlari nuqtai nazaridan atroflicha muhokama qilinishi, fraksiyalar ushbu masalalarda prinsipial pozitsiyasini namoyon etishi zarurligi yuzasidan vazifalar belgilangan edi.

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida «Innovatsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazdi. 

Universitet rektori S.Turabjonov, «Adolat» SDP siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov va boshqalar mamlakatimizning yanada taraqqiy etishi, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin egallashida innovatsiyalar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

Yurtimizda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish hamda mamlakatni demokratik yangilashda fanning rolini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Ayni paytda davlatimiz qudratini oshirishga, xalqimiz farovonligini yaxshilashga xizmat qiluvchi innovatsion texnologiya va ishlanmalarning hayotga samarali tadbiq etilishi, ularning mualliflari va buyurtmachilariga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. 

Mazkur tadbirda ham innovatsion faoliyatni yanada jadallashtirish yo‘lidagi muammolar va ularning yechimini aniqlash, milliy innovatsiya tizimining shakllanish jarayonini tahlil qilish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, jumladan, «Innovatsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini takomillashtirish bilan bog‘liq vazifalar muhokama qilindi. 

Qonun loyihasida innovatsiyalar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha organlar hamda ularning vakolatlari, ilmiy va innovatsiyaviy faoliyat sub’ektlari, ularning huquq va majburiyatlari bayon etilmoqda. 

Bundan tashqari, loyihaning alohida bobi innovatsiyalar va innovatsiya faoliyatining moliyalashtirilishi jarayoniga bag‘ishlangani hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi jarayon hisoblangan venchur jamg‘armalar haqidagi tushuncha va jarayonning bayon qilinayotgani e’tiborga molikdir. 

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi a’zolarining qayd etishicha, yangi qonunning qabul qilinishi innovatsiyalar va innovatsiya faoliyati sohasida huquqiy maydonni shakllantirish imkonini beradi. 

Tadbirda amaliyotchilar, mutaxassislar, olimlar hamda talabalar qonun loyihasini takomillashtirishga doir takliflarini bildirdi.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA

Поделиться