O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yilning o‘tgan davrida Namanganda 161 kilometrdan ziyod elektr uzatish tarmog‘i yangilandi

2017-10-12 | Jamiyat

Namangan viloyatida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida elektr uzatish tarmoqlari, transformator podstansiyalari va punktlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2016-yil 23-noyabrdagi “2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Ushbu hujjat ijrosi doirasida viloyatda 25 milliard 98 million so‘mlikdan ziyod modernizatsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, 2017-yilda 270 kilometrga yaqin elektr uzatish tarmog‘i modernizatsiya, 127 transformator punkti rekonstruksiya qilinadi, yangilari quriladi. 

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 161 kilometrdan ziyod elektr uzatish tarmog‘i yangilanib, 55 turli quvvatdagi transformator punkti rekonstruksiya qilindi, 8 milliard 845 million so‘mlikdan ziyod modernizatsiya ishlari bajarildi. Bu 11 mingga yaqin xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. 

Namangan shahrida 19 kilometr havo tarmog‘ining yangilanishi va 15 transformator podstansiyasi rekonstruksiya qilinishi natijasida Shodlik, Mashad, Majnuntol, Gulpora, Bahor singari 20 dan ortiq mahallada aholi va ulgurji iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi. Xususan, Kelajak tongi mahallasida 2,5 kilometrdan ziyod elektr uzatish tarmog‘i tortilib, yangi podstansiya qurildi. Oltitosh mahallasida 9 kilometr uzunlikdagi havo tarmog‘i rekonstruksiya qilindi va 5 ta 160 kVt.li transformator o‘rnatildi. 

Bunday chora-tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida amalga oshirilmoqda. Mingbuloq, Kosonsoy, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq tumanlarining qator qishloqlarida 80 kilometrga yaqin elektr uzatish tarmog‘i rekonstruksiya qilindi, 6 kilometrdan ko‘proq yangi tarmoq tortildi va 20 dan ziyod turli transformator qurilmalari o‘rnatildi.

 
– Elektr energiyasi ta’minoti borasida aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan muammolar bor edi, – deydi To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Hamid Olimjon nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S.Tojimatova. – 9 kilometrdan ortiq tarmoq rekonstruksiya qilinib, 5 transformator punkti o‘rnatildi. Mahallamizdagi 480 xonadonning elektr ta’minoti yaxshilandi. Bundan mahalla ahli juda mamnun. 

Dastur ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan birgalikda korxona tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, kam ta’minlangan oilalar, harbiy xizmatchilar, yoshlar uchun qurilayotgan uy-joylarni elektrlashtirish bo‘yicha ishlar ham reja asosida izchil davom ettirilmoqda. 

– Mazkur dastur ijrosini ta’minlashda joylarda aholi bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlarda tushayotgan murojaatlar asosida ishni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning umumiy masalalar bo‘yicha direktori S.Husainov. – Hozirgacha dasturga kiritilgan elektr tarmoqlarini yangilash bo‘yicha ishlar 61,5 foizga, transformatorlarni rekonstruksiya qilish 43,3 foizga bajarildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. 2021-yilgacha mo‘ljallangan modernizatsiya ishlari belgilangan muddatda yakunlanadi.

 

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA

Поделиться