O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qizlar festivali bo‘lib o‘tdi

2017-10-12 | Jamiyat

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan I Respublika qizlar festivali tashkil etildi. 

Universitet rektori B.Hodiyev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining o‘rinbosari D.Kattaxonova, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira M.Usmonova va boshqalar mamlakatimizda qizlarning salomatligini asrash, puxta ta’lim berish, kasb o‘rganishi, mehnat bandligini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi qonuni har jihatdan barkamol, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, fidoyi, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30 iyun kuni mamlakatimiz faol yoshlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar hamda bu borada qabul qilingan milliy qonunchilikka muvofiq Xotin-qizlar qo‘mitasi qator amaliy chora-tadbirlarni hayotga keng joriy etmoqda. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini to‘g‘ri yo‘naltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniqlangan dolzarb masalalar hamkor tashkilotlar bilan birga hal qilinmoqda. 

Qo‘mitaning 2017-2021-yillarda yosh oilalar va qizlar bilan ishlash bo‘yicha strategiyasi ishlab chiqildi. Qizlar bilan ish olib borish qamrovini kengaytirish maqsadida mahallalar, o‘quv dargohlarida, korxona va jamoalarda "Qizlarjon" klublari tashkil etildi. 

– Klubimizga ellik nafardan ortiq qiz a’zo, – deydi Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi "Yoqut" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sora Azizova. – Maktablarda ularning qiziqishiga qarab turli to‘garaklar tashkil etish, qo‘shimcha kasb o‘rgatish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga katta e’tibor qaratayapmiz.

 
Festival davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, uning amaliy natijalari xususida so‘z yuritildi. Qizlar ma’naviyatini yuksaltirish, salomatligini saqlash, tafakkurini turli zararli g‘oyalardan himoyalash, kiyinish, muomala odobiga doir ma’ruzalar muhokama etildi. 

Yosh ijodkorlar ishtirokidagi mushoira, musiqiy dastur namoyish etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva so‘zga chiqdi.

 

Nazokat Usmonova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

Поделиться