O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Temir yo‘l logistikasi takomillashmoqda

2017-10-11 | Jamiyat

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va transport vositalarini monitoring qilish “UzGPS” milliy tizimi mutaxassislari temir yo‘l transportini monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha geoinformatika tizimini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etdi.

Unda qo‘llanilgan eng yangi sputnik texnologiyalari poyezdlar harakatini monitoring qilish jarayonini avtomatlashtirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash orqali avariya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha transport turlari jadal rivojlanayotganiga qaramay, temir yo‘llar asosiy ommaviy yuk va yo‘lovchi tashish vositasi bo‘lib qolmoqda. Temir yo‘l transportining xavfsiz va barqaror harakatlanishini ta’minlaydigan zamonaviy elektron tizim Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan yagona apparat-dasturiy majmuasi unsurlaridan biri hisoblanadi. 

Temir yo‘l transportini monitoring qilish va boshqarishning yangi geoinformatika tizimi test sinovlaridan o‘tib, o‘zining yuqori samaradorligi va barqaror ishlashini ko‘rsatdi. Ayni paytda mazkur tizim yurtimizning barcha viloyatlarida faol joriy etilmoqda. Bu borada qabul qilinayotgan axborot va yangi texnologiyalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy sayti "www.railway.uz" da onlayn-tablo joylashtirish imkonini berdi. Unga ko‘ra, yo‘lovchilar nafaqat “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari jadvali bilan tanishish, balki real vaqt rejimida harakatlanish tarkibi holati, poyezdning yetib kelish vaqti haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin. “Afrosiyob” tezyurar yo‘lovchi poyezdlari zamonaviy GPS/GLONASS-trekerlari bilan jihozlangan. Shuningdek, yangi bepul mobil ilova yaratilmoqda. 

Temir yo‘l transportini monitoring qilish va boshqarish yangi geoinformatika tizimining amaliyotga joriy etilishi dispetcherlar va yo‘lovchilarni xabardor qilish orqali temir yo‘l transportida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va uning xavfsizlik darajasini oshirish imkonini beradi.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться