O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi
2017-10-11 | Siyosat
2017-yilning 10-oktabr kuni Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Tashqi siyosat idoralari boshliqlari tomonidan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisining kun tartibi va hujjatlar loyihalari, shuningdek, Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning boshqa masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.