O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

2017-10-10 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Agzamxo‘jayev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdog‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyo va jahondagi muhim hamkori ekanligini ta’kidlab, Turkiya Prezidenti barcha o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, 2016-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng kuzatilgan O‘zbekiston-Turkiya munosabatlaridagi ijobiy dinamika alohida qayd etildi. Pekin, Ostona va Nyu-York shaharlaridagi ikki davlat rahbarlarining bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud bo‘lgan ulkan imkoniyatlarni amalga oshirish uchun birgalikda ishlashga imkon berdi.

Turkiya davlati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga bo‘lajak tashrifi muhim o‘ringa ega ekanligi ta’kidlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston-Turkiya siyosiy muloqotini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga yangi turtki berishini qayd etdi.

Поделиться