O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Doris Sofiya Ak Brodi: Saylovchilar ovoz berishda faol qatnashmoqda

2015-03-29 | Jamiyat

O'zbekistonda Prezident saylovi milliy qonunchilik doirasida va jahon andozalariga mos ravishda ochiq-oshkora o'tmoqda.

Doris Sofiya Ak Brodi, Malayziya Senati prezidenti o'rinbosari:

– O'zbekistonda Prezident saylovi milliy qonunchilik doirasida va jahon andozalariga mos ravishda ochiq-oshkora o'tmoqda. Saylovchilar erta tongdan ovoz bera boshladi. Bunga men Toshkentdagi 160-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini kuzatish asnosida amin bo'ldim.

Uchastkalarda saylovchilarni ro'yxatga olish tartibli tashkillashtirilgani e'tiborimni tortdi. Nogironlar, saylovga kelolmaydigan kishilar uchun ularning xonadonlarida ovoz berish tashkil etilgani ham diqqatga sazovor. Bu insonparvarlikning amaldagi ifodasi bo'lishi bilan birga, har bir fuqaroning saylash huquqini ta'minlashga qaratilayotgan e'tibor namunasidir.

Saylov uchastkalarida siyosiy partiyalarning vakillari va kuzatuvchilar, jurnalistlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgani, tibbiy xizmat, onalar va bolalar xonalarining tashkil etilgani e'tiborga molik. Saylovga bunday puxta tayyorgarlik ko'rilgani, har qanday holat hisobga olingani fuqarolar uchun keng qulaylik yaratmoqda.

Поделиться