O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ochiq muloqotlar samara bermoqda

2017-10-10 | Jamiyat

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan “Keles” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tadbirkorlar, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar hamda chegaradosh mahallalarda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda sohaga doir muammoli masalalarni tezkorlik bilan joyida bartaraf etish, aholining bojxona sohasini takomillashtirishga doir taklif va mulohazalarini o‘rganish va ularni amaliyotga joriy qilish kabi masalalar muhokama etildi. 

Ochiq muloqotda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi ekani ta’kidlandi. 

Yig‘ilishda bojxona sohasida qabul qilingan yoki tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati haqida axborot berildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2017-yil 10-sentabrdan boshlab mamlakatimizga import qilinayotgan ayrim tovar turlariga belgilangan import bojxona boji va aksiz solig‘i stavkalariga kiritilgan o‘zgartirishlar muhokamalar markazida bo‘ldi. 

Tadbirda ishtirokchilar mamlakatimizga import qilinayotgan tovarlar uchun turli vazirlik va idoralardan olinadigan ruxsatnoma tusidagi hujjatlarni berish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish, bojxona organlari faoliyatiga joriy qilingan axborot tizimlari faoliyatini yanada takomillashtirish va masofadan turib ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga doir takliflarni bildirdi. 

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться