O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Munosib mehnat– farovon hayot

2017-10-10 | Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti hamkorligida "Munosib mehnat – munosib hayot asosi" mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi vakillari ishtirok etdi. 

Anjumanda mamlakatimizda mehnat sohasida ta’sirchan davlat va jamoatchilik nazorati amalga oshirilayotgani, munosib mehnat tamoyillarini yaratishda davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o‘rtasida konstruktiv ijtimoiy muloqotning yo‘lga qo‘yilgani alohida qayd etildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida imzolangan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid Bosh kelishuvning amal qilayotgani bu yo‘nalishdagi samaradorlikni yanada oshirmoqda. 

– Xalqaro mehnat tashkiloti ilgari surayotgan munosib mehnat konsepsiyasida bandlik va daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoya tizimlarini takomillashtirish, ijtimoiy muloqotni mustahkamlash talablari qo‘yilgan, – deydi Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakilli Mahmudjon Isayev. –Yurtimizda mehnat migratsiyasini tartibga solish, bandlikka ko‘maklashuvchi nodavlat tashkilotlarini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish ko‘lamini kengaytirish va bu boradagi javobgarlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli ushbu vazifalarning barchasi ijobiy hal etilmoqda. 

Anjumanda O‘zbekistonda mehnat munosabatlarida insonlarning jinsi, irqi, tili, e’tiqodi va boshqa belgilari bo‘yicha kamsitishlar, bolalar mehnatidan foydalanish bilan bog‘liq muammolarning mavjud emasligi hamda xalqaro mehnat munosabatlari bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar haqida xorijlik ekspertlarning ham fikrlari tinglandi. 

– O‘zbekistonda xalqaro mehnat tashkiloti ilgari surayotgan munosib mehnat sharoiti yaratish bo‘yicha erishilayotgan natijalar samarali, – deydi Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi Umumevropa kasaba uyushmalari mintaqaviy kengashining ijrochi kotibi Anton Leppik. – Anjuman avvalida yurtingizning qator hududlarida bo‘lib, ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik. Ishlab chiqarish korxonalari, zavodlar va ta’lim muassasalarida ishchilar, o‘qituvchilar bilan suhbatlashdik. 

Mamlakatimizda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni rag‘batlantirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy himoya tizimlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Kasanachilik, hunarmandchilik, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda 2017-2020-yillar uchun munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi izchillik bilan amalga oshirilmoqda. 

Anjumanda Harakatlar strategiyasi doirasida mehnat va ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, mehnat sohasining istiqboldagi masalalari, xodimlarning alohida toifalari uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться