O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyatida profilaktika inspektorlari qasamyod qabul qildi

2017-10-10 | Jamiyat

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi san’at saroyi xiyobonida Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining o‘zlari xizmat qilayotgan hududda osoyishtalikni ta’minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash uchun tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda ichki ishlar idoralari faoliyati muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, ushbu tizimni xalqqa yanada yaqinlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotir. 

Bu borada davlatimiz rahbarining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Ichki ishlar organlari tizimini isloh qilish borasidagi keng ko‘lamli sa’y-harakatlar aynan profilaktika inspektorlaridan boshlanganida ham chuqur ma’no bor. Zero, jinoyatchini jazolashdan ko‘ra, bunday holatning oldini olgan har jihatdan foydalidir. Shu ma’noda, avvalo, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida bartaraf etish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonunga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish profilaktika inspektori zimmasiga alohida vazifa yuklaydi. 

Farg‘ona viloyatida 650 dan ortiq profilaktika inspektori faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan hududda osoyishtalikni ta’minlash, turli noxush holatlarning oldini olish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda har hafta payshanba jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilingani ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshirdi. Joylarda turli huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, mahalla bilan hamkorlikda ishlash bu borada o‘zining amaliy samaralarini bermoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 20-apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan profilaktika inspektorlariga xizmat uylari berilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, profilaktika inspektorlarining oila a’zolari ishtirok etgan tadbirda 120 nafar profilaktika inspektoriga zamonaviy xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashina kaliti tantanali ravishda topshirildi. 

Tadbirda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, mahallalarda turli huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda profilaktika inspektorlari alohida o‘rin tutishi ta’kidlandi. 

Uy va yengil avtomashina kalitini olgan osoyishtalik posbonlari safida Farg‘ona shahrining Ibrat mahallasi profilaktika inspektori, leytenant Boburjon G‘oyibnazarov ham bor. 

– Davlatimiz tomonidan profilaktika inspektorlariga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibordan xursandmiz, – deydi B.G‘oyibnazarov. – Mana, xizmat hududining o‘zidan barcha qulayliklarga ega xizmat uyi hamda imtiyozli kredit asosidagi mashinalar berilmoqda. Bu zimmamizdagi mas’uliyatni o‘n chandon oshiradi. Hududimizdagi aholi bilan bir oila vakillaridek hamjihatlikda ishlab, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishimiz talab etiladi. Bugun ushbu vazifalarni sidqidildan bajarishga qasamyod qildik. Xalqimiz va Prezidentimiz ishonchini oqlash yo‘lida bor bilim va salohiyatimizni ishga solamiz. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev, Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T. Norboyeva, ichki ishlar vaziri P.Bobojonov ishtirok etdi.

 

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA

Поделиться