O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik

2015-03-29 | Jamiyat

Qarshi. Qashqadaryo viloyatida ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yuksak saviyada o'tmoqda.

Viloyatda tashkil etilgan 867 saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Ona va bola, tibbiyot xonalari zarur jihozlar bilan ta'minlangan.

Viloyat bo'yicha ro'yxatga olingan 1 million 903 mingdan ziyod saylovchining 4 ming 55 nafari birinchi marta ovoz berayotgan yoshlardir.

Qamashi tumanidagi 788-Sarbozor saylov uchastkasida ovoz berishni O'zbekiston Qahramoni, "Bozor o'g'li Abdi" fermer xo'jaligi raisi Abdimurod Bozorov boshlab berdi.

–Mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e'tibor aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda, – deydi A.Bozorov. – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muhim siyosiy voqea bo'lib, uning natijalari Vatanimiz va xalqimiz taqdiriga bevosita daxldordir. Saylovoldi targ'ibot-tashviqot tadbirlarida nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan to'liq tanishib chiqdim. Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan munosib nomzodga ovoz berdim.

Saylov uchastkalarida ovoz berishga kelolmaydigan saylovchilarga qulaylik yaratishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Yakkabog' tumanidagi 683-uchastka saylov komissiyasi a'zolari "Saxovat" uyida yashayotgan keksalar va nogironlarning ovoz berishini tashkil etish uchun saylov qutilari bilan bu yerga keldi.

– Mamlakatimizda biz kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi 82 yoshli G'ani bobo Umarov. – O'z konstitutsiyaviy huquqimizni ifoda etishimiz uchun saylov qutisi shu yerga olib kelinishi ham davlatimiz siyosatining insonparvarligidan dalolat beradi.

Поделиться