O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Erkin iqtisodiy zonalar: 9 oyda 260,9 milliard so‘m bojxona imtiyozlari qo‘llanildi

2017-10-06 | Iqtisodiyot

Davlat bojxona qo‘mitasida “Respublikamizda yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirishda bojxona imtiyozlarining roli” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

Prezidentimizning 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda joriy yil 7 avgustdagi “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarning samarali faoliyat yuritishida mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish milliy bozorni jahon bozoriga integratsiyalashtirish, xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb qilishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ichki bozorni sifatli tovarlar bilan to‘ldirish, aholini ish bilan ta’minlash va mehnatni boshqarishning yangi shakllariga o‘tish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda mamlakatimizning 10 hududida 14 erkin iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunga qadar mazkur zonalarda 62 loyiha amalga oshirilgan, 87 loyiha bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashadigan keng ko‘lamli soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar tizimi shakllantirilgan va bu tizim doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda. Joriy yilning shu paytiga qadar erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga bojxona to‘lovlaridan 260,9 milliard so‘m imtiyozlar qo‘llanilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 8,4 barobarga oshgan.

Yurtimizda texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida hozirgi kunda 90 dan ortiq texnopark va kichik sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Matbuot anjumanida texnopark qatnashchilari yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslarning mulk solig‘i, ijtimoiy infrastrukturani obodonlashtirish va rivojlantirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etilgani qayd etildi. Texnopark qatnashchilariga o‘z ishlab chiqarish va qurilish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan uskuna, xomashyo, reaktiv va butlovchi mahsulotlar uchun bojxona to‘lovlarida imtiyozlar berilgani ta’kidlandi.

Davron Sunnatov, O‘zA

Поделиться