O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Rossiya ishbilarmonlari istiqbolli kelishuvlar imzoladi

2017-10-03 | Iqtisodiyot

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida poytaxtimizda O‘zbekiston – Rossiya ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. 

Ikki davlat vazirlik, savdo-sanoat, investitsiya va boshqa tadbirkorlik sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston – Rossiya o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishidagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Mamlakatlarimiz ishonchli strategik sheriklar sifatida o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bu jihatlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-5-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi davomidagi samarali muloqotlarda o‘z aksini topdi. 

Ikki davlat rahbarlari savdo-iqtisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, turizm, mehnat migrantlariga munosib sharoitlar yaratish va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan istiqbolli kelishuvlarga erishdi. 

O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik yetakchi o‘rin tutadi. 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015-2019-yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.G‘aniyev, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.Ahmadxo‘jayev va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli savdo-iqtisodiy hamkorlik munosabatlari jadal rivojlanayotgani, rossiyalik ishbilarmonlar uchun O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit, zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berdi. Ishlab chiqarish va sanoatni diversifikatsiya qilishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar investitsiya muhiti va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga xizmat qilayotganini qayd etdi. 

Bugun mamlakatimizda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 1000 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning 60 dan ziyod firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. Rossiya Federatsiyasi hududida o‘zbekistonlik hamkorlar bilan 569 tadbirkorlik subyekti ishlab turibdi. 2016-yilda ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi qariyb 4 milliard 200 million dollarni tashkil etdi, joriy yilning yanvar-avgust oylarida esa 3 milliard dollardan oshdi. 

Biznes-forumda ishbilarmonlar o‘zlarini qiziqtirgan loyihalarni muhokama qildi. Neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, sanoat ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari N.Otajonov so‘zga chiqdi. 

 

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

Поделиться