O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Denis Istomin nufuzli turnir g‘olibi

2017-10-03 | Sport

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Professional tennischilar uyushmasi (ATR) tomonidan Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Nufuzli turnirning dastlabki bahsida Denis germaniyalik Yan-Lennard Shtruff, ikkinchi davrada rossiyalik Karen Xachanov, chorak finalda AQSh vakili Jared Donaldson va yarim finalda yaponiyalik Yuiti Sugitani mag‘lubitga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Final bahsida D.Istomin kiprlik Markos Bagdatisga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvning birinchi setida 3:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan Markos o‘yinni to‘xtatdi va mag‘lubiyatni tan oldi. 

Shu tariqa Denis Istomin final uchrashuvida g‘alaba qozonib, ATR reytingining 250 ochkosini qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться