O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq tizimi xodimlari saylovda faol ishtirok etmoqda

2015-03-29 | Jamiyat

Mamlakatimiz 2014-yilda biznesni yuritish sharoiti bo'yicha reytingda 8 pog'onaga, soliqqa tortish borasida 61 pog'ona yuqoriga ko'tarildi. BMT Taraqqiyot dasturining bahosiga ko'ra, O'zbekiston so'nggi yilda biznes yuritishni yengillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar bo'yicha yetakchi o'nta mamlakat qatoridan joy oldi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i stavkasi 8 foizdan 7,5 foizga tushirildi. Xodimlarga to'lanadigan daromadlarni legallashtirish, mehnatga haq to'lash fondiga soliq yukini pasaytirish maqsadida mikrofirmalar, kichik korxonalar hamda fermer xo'jaliklari uchun yagona ijtimoiy to'lov stavkasi 25 foizdan 15 foizga, qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to'lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga kamaytirildi. Bu, albatta, tadbirkorlik taraqqiy etishiga, sohaning yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi ulushi ortib borishiga o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu ko'rsatkich 2000-yilda 31 foizni tashkil etgan bo'lsa, hozir 56 foizdan oshdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar muhim ahamiyat kasb etdi. Soliq tizimi xodimlarining izchil faoliyat yuritayotgani ham bu jarayonda muhim o'rin tutmoqda. Mazkur soha xodimlari ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etmoqda.

– Mamlakat rivojida har bir sohaning, har bir fuqaroning o'z o'rni bor, – deydi Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi soliq inspektori Shahboz G'ayratov. – Bu O'zbekistonimiz erishgan ulkan yutuqlarda o'z aksini topmoqda. Bugungi saylovda barcha yurtoshlarimizning, turli soha vakillarining faol ishtirok etayotgani ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda soliq to'lovchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar ko'lami kengayib borayotgani, ularga sohaning barcha yo'nalishlarini qamrab olgan oltmishga yaqin interaktiv xizmatlar ko'rsatilayotgani buning isbotidir. Bunday imkoniyatlar byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, aholi va tadbirkorlarning vaqti va mablag'ini tejash, ovoragarchiliklarning oldini olish imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir. Bu mamlakatimizning har jihatdan yanada taraqqiy etishiga zamin yaratadi.

Поделиться