O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bishkek shahrida Toshkent sanoat korxonalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
2017-10-03 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan joriy yil 29-sentabr – 1-oktabr kunlari Bishkek shahrida Toshkent shahri korxonalari salohiyati namoyish etilgan birinchi sanoat ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Qirg‘iziston poytaxti tadbirkorlari hamda aholisiga Toshkentning oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sanoati, qurilish materiallari va mebel jihozlari ishlab chiqaruvchi 100 ga yaqin korxonasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
Ko‘rgazma doirasida sohaga oid turli taqdimotlar, ishbilarmonlarning uchrashuvlari o‘tkazildi.