O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya harbiy xizmatchilari O‘zbekistonga keldi

2017-10-03 | Jamiyat

Oktabr oyining birinchi haftasida Jizzax viloyatidagi "Forish" poligonida O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Dushanba kuni ertalab Rossiya harbiy xizmatchilarining bir guruhi o‘tirgan samolyot Toshkent harbiy aerodromiga kelib qo‘ndi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan faol harbiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Joriy yilda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Pokiston davlatlari harbiy idoralari vakillari Toshkentga tashrif buyurdi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv amal qiladi. Ikki davlatning Mudofaa vazirliklari qo‘shma dastur va rejalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Xususan, "Forish" poligonidagi taktik mashg‘ulotlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4-5-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga qilgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan muzokaralar doirasida o‘tkazilmoqda. 

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida "Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdor" ekanini ta’kidladi. 

O‘zbekiston va Rossiya poligonlarida ikki marta taktik antiterroristik qo‘shma mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Bunday tadbirlar har ikki mamlakat uchun birdek manfaatlidir. Jumladan, antiterroristik mashg‘ulotlar davomida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha umumiy vazifalar ishlab chiqiladi – terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va terroristik xurujlarning oldini olish mexanizmi takomillashtiriladi, amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanadi, tajriba almashiladi. 

Qo‘shma mashg‘ulot ishtirokchilari bilan birga kelgan Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi ashula va raqs ansamblining harbiy san’atkorlari ham mamlakatimizda bo‘lib turibdi. 

Поделиться