O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqarolarning saylash huquqi kafolatlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda

2015-03-29 | Jamiyat

Inson huquqlari kafolatlarini amalda ta'minlayotgan mamlakatimiz sud-huquq sohasi xodimlari ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etmoqda.

– Mamlakatimizda inson huquqlari eng oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan, – deydi poytaxtimizning Olmazor tumani Chilto'g'on mahallasida joylashgan 257-saylov uchastkasida ovoz bergan saylovchi, "Legal Vindex" advokatlik firmasi rahbari Malohat Matchonova. – Bu umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalariga mos holda yaratilgan milliy qonunchiligimizda keng ifodasini topgan. Fuqarolarning ovoz berish huquqi, o'z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Bugun har bir yurtdoshimiz saylovda ishtirok etib, ovoz berar ekan, shu kafolatlarning amaliy ifodasi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Men ham saylash huquqimdan foydalanib, o'zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.

Bugungi kunda mamlakatimizda mingdan ortiq advokatlik tuzilmasi fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko'rsatmoqda. Advokatlik tuzilmalarida uch yarim mingdan ziyod advokat faoliyat yuritayotir. Ularning barchasi qat'iy talab hamda shartlar asosida malaka imtihonidan o'tgan va litsenziya olgan mutaxassislardir. Zero, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish advokatdan katta bilim, tajriba va mahorat talab etadi.

Поделиться