O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv

2017-10-02 | Siyosat

2017-yilning 2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidni qabul qildi.

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi.

Uchrashuvda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maxsus ma’ruzachisining mandatiga kiradigan mavzular bo‘yicha hamkorlik masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hozirda dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan diniy sohadagi xalqaro tashabbuslari to‘g‘risida Ahmad Shahidga batafsil ma’lumot berildi.

Suhbatda o‘zaro tushunish tamoyillariga asoslangan konstruktiv muloqotni davom ettirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

 

Anvar Ilyosov olgan surat

Поделиться