O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Isroil Elchisi bilan uchrashuv
2017-09-27 | Siyosat
2017-yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Isroil Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Eduard Shapira bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Elchiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslari to‘g‘risida tushuntirish berildi.