O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqarolar faol

2015-03-29 | Jamiyat

Namangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 6-Namangan saylov okrugidagi 651 saylov uchastkasining barchasi erta tongdan saylovchilar bilan gavjum bo'ldi.

Namangan shahridagi 97-saylov uchastkasiga kelayotgan saylovchilarning kayfiyati baland.

– Bu maktabga men ko'p marta ovoz berish uchun kelganman, – deydi mehnat faxriysi Tatyana Tumanova. – Ilgarigi saylovlar bugungiday erkin, ixtiyoriy bo'lmas edi. Odamlarni saylovga keltirish uchun uchastka oldida kamyob yoki arzonlashtirilgan mollar savdosi, konsertlar tashkil qilinardi, turli havoyi va'dalar berilardi.

Men shu yurtda tug'ilib o'sdim, O'zbekiston – mening Vatanim. Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari ahil-inoq yashamoqda va ularga o'z madaniyati, tili, milliy urf-odatlarini saqlab qolish, rivojlantirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Tinchlik, bag'rikenglik, mehr-oqibat, qadriyatlar ustuvor yurtda yashayotganimdan faxrlanaman. Bugun shu aziz Vatanim kelajagi uchun ovoz berdim.

Mazkur uchastkada shaharning Obihayot va Baynalmilal mahallalarida istiqomat qiluvchi 2 ming 987 nafar fuqaro ovoz beradi.

–Bizda saylovchilarning asosiy qismi erta tongda keladi, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Dilbarxon Rahmonova. – Soat yetti bo'lmay, saylovchilar oilaviy bo'lib keldi. Ular navbat kutib qolishining oldini olish uchun uchastka to'rtta, jumladan, bitta nogironlar uchun ovoz berish kabinasi, statsionar va ko'chma saylov qutilari bilan jihozlangan. Komissiya a'zolaridan bir guruhi ko'chma qutini olib, hududimizda joylashgan nogironlarni reabilitatsiya qilish markazida ovoz berishni tashkil qiladi.

Saylov uchastkalarida erta tongdan ezgu tilaklar bilan boshlangan ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Поделиться