O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Elchisi bilan uchrashuv
2017-09-27 | Siyosat
2017-yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Gunter Overfeldni qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlarining nusxalarini taqdim etdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi» shaklidagi aloqalar hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining noyabr oyida Germaniyaga tashrifi muddati va dasturi, turli darajalardagi bo‘lajak boshqa ikki tomonlama aloqalar jadvali yuzasidan fikr almashildi.