O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv

2017-09-27 | Siyosat

2017-yilning 25-26-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashining tashqi aloqalar va mintaqaviy hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Mohammad Qosim Ludin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya tarkibiga Afg‘oniston Prezidentining MDH masalalari bo‘yicha maxsus vakili ofisi, savdo va sanoat, adliya, tashqi ishlar vazirliklari va Fuqaro aviatsiyasi mustaqil byurosi vakillari kiradi.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy darajadagi O‘zbekiston-Afg‘oniston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Afg‘onistonning vakolatli idoralari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan hukumatlararo bitimlar loyihalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy tashqi ishlar vazirligidagi suhbatda ishtirok etdi.

Поделиться